1975 yilda
Toshkent Islom institutiga o'qishga kirib, uni 1979 yili xatm qildi.
1980-1981 yillari Sudandagi «Ummu Durmon» islom jomeasida tahsil ko'radi.
1983 yilgacha «Sovet sharqi musulmonlari» jurnalida mas'ul kotib
lavozimida ishlab kelib, shu yildan to 1993 yilga qadar O'zbekiston
musulmonlari idorasining fatvo bo'limi mudirligi vazifasida ishladi.
1997-1998 yillari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Din ishlari bo'yicha qo'mitada bo'lim mudiri, 1998-2000 yillarida esa,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining millatlararo munosabatlar va din
ishlari bo'yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2000 yilning
may oyidan to hozirgi kunga qadar Toshkent Islom Universitetida ilmiy
meros va diniy tadqiqotlar bo'yicha prorektor bo'lib ishlab kelmoqda.
Abdulaziz Mansur Toshkent
va Buxoro madrasalarida dars berish barobarida matbuotda ilmiy maqolalari
bilan muntazam qatnashib kelgan. Adabiy diniy merosimizni o'zbek tiliga
tarjima qilishda Abdulaziz Mansur keng faoliyat ko'rsatib kelmoqda. «Ming
bir hadis», «Aqoidi Tahoviya», «Fiqhi akbar», «Bad'ul-amaliy», «Aqoidi
nasafiya», «Unvonul-bayon», «Atvoquz-zahab» kabi asarlarni arab
tilidan o'zbek tiliga mahorat bilan o'girgan. Bundan tashqari Abdulaziz
Mansur Respublikada chop etilayotgan ko'pdan-ko'p diniy kitoblar nashrida
mas'ul muharrirlik qilib keladi. Xalqimizning ma'naviy saviyasini
yuksaltirishda bu islomshunos olimning bajarib kelayotgan xizmatlari
tahsinga loyiqdir.